O'zbekiston marketing Uyushmasi ekspert Ulug‘bek Shukurillaev

Director of Admissions, Marketing and Business Development, Webster University

Ulug‘bek Shukurillaev — marketing va biznesni rivojlantirish sohasidagi ekspert bo‘lib, oliy ta’lim va xalqaro munosabatlar yo‘nalishida katta boshqaruv tajribasiga ega.
U Toshkentdagi Webster Universitetida qabul, marketing va biznesni rivojlantirish direktori sifatida universitet brendini mustahkamlash, talabalar sonini oshirish va hamkorliklarni kengaytirishga qaratilgan strategik tashabbuslarni amalga oshiradi.

Webster Universitetining Toshkent kampusi tashkil etilganidan beri Ulug‘bek ushbu jamoaning bir qismi bo‘lib, kampusni Webster University xalqaro tarmog‘idagi eng muvaffaqiyatli va dinamik markazlardan biri sifatida shakllantirishга faol hissa qo‘shib kelmoqda.

Ta’lim, davlat boshqaruvi va yoshlar loyihalari sohasida o‘n yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Ulug‘bek BMT va Britaniya Kengashi homiyligidagi xalqaro dastur va forumlarda ishtirok etgan.
Uning professional qiziqishlariga ta’lim marketingi, kommunikatsiya strategiyalari va barqaror hamkorliklarni rivojlantirish kiradi.