Ziraat Bank Uzbekistan

1993-yilda O‘zbekiston bank sektoriga xorijiy kapital ishtirokidagi birinchi bank sifatida kirgan "Ziraat" moliyaviy guruhi 2017-yildan beri "Ziraat Bank Uzbekistan" nomi ostida O‘zbekistonda bank faoliyatini olib bormoqda. Bank 160 yillik faoliyat tarixiga ega bo‘lgan, Turkiyaning aktivlari bo‘yicha eng yirik davlat banki "T.C. Ziraat Bankası A.Ş."ning to‘liq tasarrufidadir. Hozirgi kunda Toshkent shahrida Ziraat Bank Uzbekistanning uchta filiali muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Samarqand, Farg‘ona, Andijon va Buxoro shaharlarida ham bank filiallari ochilgan.