Xalq Banki
Xalq banki – Oʻzbekistondagi eng qadimiy bank hisoblanadi. Moliyaviy muassasa oʻz faoliyatini 1875-yil 10-may kuni boshlagan. Uning ishonchliligi belgisi sifatida bankning uzoq yillik faoliyatini bemalol ta’kidlash mumkin.
✔️ Mamlakatdagi eng keng bank xizmatlari tarmogʻiga ega bank. Bankning barcha hududlarda filiallari mavjud bo‘lib, umumiy hisobda 270 ta bank xizmatlari markazi faoliyat yuritadi. Shu keng tarmoq orqali bank mamlakatning har bir fuqarosiga keng turdagi bank mahsulotlarini taklif etish imkoniyatiga ega. Bank nomi ham mamlakatda eng tanilganlardan biridir.
✔️ Chakana va kichik biznes yo‘nalishida eng yirik mijozlar bazasiga ega bank. Bank xizmatlari deyarli har bir fuqaro – tug‘ilgan kunidan to keksalik yoshigacha – uchun taqdim etiladi. Shu bois mamlakat aholisi sonining 30 foizi bank xizmatlaridan foydalanadi.
