KAPITALBANK
KAPITALBANK — O‘zbekistonning eng yirik tijorat banki bo‘lib, Uzum raqamli servislar milliy ekotizimi tarkibiga kiradi. 23 yillik muvaffaqiyatli faoliyati davomida bank mamlakatdagi 1,9 million aholi va 65 ming tadbirkor uchun ishonchli moliyaviy hamkor sifatida tanilgan.
Bugungi kunda bank hisob-kitob va kassa xizmatlari, kreditlash, depozitlar, savdo ekvayringi, pul o‘tkazmalari, masofaviy bank xizmatlari va boshqa ko‘plab moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi.
O‘tgan yil davomida Kapitalbank O‘zbekistonning eng yaxshi chakana banki va eng innovatsion xususiy banki sifatida ko‘plab xalqaro va milliy mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Reyting agentliklari bank faoliyatining barqaror o‘sishini e’tirof etadi.
