Afsonaviy brending agentligi DDVB tomonidan Bellissimo Pizza hamkorligida TAF!25 doirasida o‘tkaziladigan “Brendingning ichki oshxonasi” master-klassi

23 сентября, 2025

12-oktabr | ISFT
10:00 - 16:00
Chiptalar va dastur https://taf25.marketing.uz/uz/

1 kunlik brending agentligida ishlashga tayyormisiz?

Brend yaratishning butun yo‘lini bosib o‘tishga:
insayt topish, pozitsiyalashni shakllantirish, nom, qadoqlash va mahsulotni ishga tushirish yondashuvini ishlab chiqishga tayyormisiz?

Unda sizni master-klassga taklif qilamiz, bu yerda strategiya — xamir, kreativ — nachinkalar, natija esa — tayyor brend retsepti bo‘ladi.

Sizni kreativ va art-direktorlar, shuningdek strategiya direktori tomonidan o‘tkaziladigan mini-ma’ruzalar kutmoqda.

Biz jamoalarda — “agentliklarda” — ishlaymiz va yangi brend yaratishning butun bosqichlarini o‘tamiz:
– strategiya;
– kreativ kontseptsiya;
– targ‘ibotga yondashuv.

Natijada chuqur o‘ylangan asosga ega, o‘ziga xos, vizual qiyofasi va yorqin targ‘ibot g‘oyalari bilan yangi brendlar paydo bo‘ladi.

Yanada qiziqarli va zavqli bo‘lishi uchun har bir bosqichdan so‘ng siz jamoalarni almashtirasiz va uch xil brend ustida ishlaysiz. Aynan shu yondashuv sizga katta amaliy tajriba va brendingga chuqurroq tushuncha beradi.

Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘zingiz bilan kreativ quvvat olib keling!

https://taf25.marketing.uz/uz/