Assotsiatsiyaning yangi hamkorini taqdim etamiz — “СовТех” Foydalanuvchilardan fikr-mulohaza olish uchun PION platformasi

18 сентября, 2025

Ushbu platforma mobil telefon yordamida shaxsiylashtirilgan so‘rovlar va chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, mijozlar tajribasini o‘rganish hamda fikr-mulohazalarni talab qiluvchi boshqa sohalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Platforma O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi va Belarusda mobil aloqa operatorlari, davlat organlari va nodavlat pensiya jamg‘armalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

So‘rovni shakllantirish uchun qulay interfeys, ko‘p kanalli so‘rov usullari (messendjerlar, elektron pochta, mobil ilova, SMS va ovozli qo‘ng‘iroqlar) hamda har bir foydalanuvchi bo‘yicha to‘liq hisobotlar sizga jarayonni nazorat qilish va mijozlaringiz haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi!

Kompaniya sayti

Bog‘lanish uchun telefon: +998 90 355 07 52 — Aleksandr Zaychikov