Beshqozon food partner TAF!25
Bu yil TAF!25 festivalida dunyodagi eng yirik osh markazi, O‘zbekistondagi birinchi osh markazlari tarmog‘i va O‘rta Osiyo osh markazi sifatida keng tanilgan – Beshqozon ishtirok etadi.
1999-yilda tashkil etilgan brend 26 yildan buyon o‘zbek oshi an’analarini saqlab, rivojlantirib, millionlab mehmonlarni kutib olmoqda va milliy oshxonaning ramziga aylandi.
"Yil reklamasi" ko‘rgazmasida Beshqozonning o‘z stendi bo‘ladi, unda jamoa katta qozonda osh tayyorlaydi va mehmonlarga ulashadi. Bundan tashqari, aynan shu yerda brend o‘zini yangi qiyofada - an’analar va zamonaviylik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi yangilangan brend strategiyasi va rebrendingi bilan namoyon etadi.
TAF!25 ga tashrif buyuring - Beshqozon bilan birga an’analar ta’mini va o‘zgarishlar kuchini his eting.
TAF25 da uchrashamiz!
11-oktyabr
Anhor bog‘i kartingi
Barcha ma’lumotlar https://taf25.marketing.uz/uz saytida
Festivalning bosh hamkori - OCTOBANK
Savollaringizga javob beramiz:
+998974022820
