Reklama sohasi xodimlari kuni mubirak!
Hurmatli hamkasblar, uyushma hamkorlari va hayotini reklama olamiga bag‘ishlagan barcha azizlar!
O‘zbekiston marketing uyushmasi kasb bayrami – Reklama xodimlari kuni bilan tabriklaydi.
Bu kun 2022-yildan buyon sizning kreativ iqtisodiyot, biznes va jamiyat rivojidagi muhim hissangizning ramzi bo‘lib kelmoqda.
Reklamada ishlash – bu ishontirish san'ati, g‘oyalar quvvati va bozor o‘zgarishlarining qudratli dvigatelidir. Sizlar tufayli brendlar o‘z ovoziga ega bo‘ladi, mahsulotlar o‘z iste'molchilarini topadi, kompaniyalar esa – muvaffaqiyat yo‘liga qadam qo‘yadi. Siz jamoatchilik idrokini shakllantirasiz, innovatsiyalarni joriy etasiz, millionlab insonlarga ta'sir ko‘rsatuvchi qadriyatlar va mohiyatlarni yaratasiz.
Sizni doimo yorqin g‘oyalar ilhomlantirsin, professional g‘alabalar hamrohlik qilsin va ishonchli hamkorlar qo‘llab-quvvatlasin. Tuganmas g‘ayrat va ijodiy ilhom yor bo‘lsin!
