Rossiya kommunikatsiya agentliklari uyushmasi - TAF!25 Toshkent xalqaro reklama festivalining sohaviy hamkori
Rossiya kommunikatsiya agentliklari uyushmasi - TAF!25 Toshkent xalqaro reklama festivalining sohaviy hamkori
Uyushma 1993-yilda tashkil etilgan, notijorat tashkilot bo‘lib, Rossiyaning 260 dan ortiq kommunikatsiya xizmatlari bozori ishtirokchilarining yetakchi va eng yirik professional birlashmasidir.
Uyushma a’zolari quyidagi sohalarda xizmat ko‘rsatadi: reklama (ATL, TTL, BTL) - matbuot, radio, televideniye, kinoteatrlar, Internet, transport, ko‘chalar va maydonlarda reklamani yaratish, rejalashtirish, joylashtirish va sotish; pablik rileyshnz; savdoni rag‘batlantirish va talabni shakllantirish, tovarlar va xizmatlarni ilgari surish; brending; to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing; homiylik; marketing, reklama va sotsiologik tadqiqotlar; dizayn va qadoqlash; savdo joylarini bezash; integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalari; noan’anaviy marketing.
