Birinchi Brendlar qiymati reytingi

19 мая, 2025

3-mayda Toshkentda Brand Awards International 2024 mukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi, uning doirasida O‘zbekiston marketing uyushmasi brendlar indikativ qiymati hisoblanishi natijalarini taqdim etdi.

Hisoblash uslubiyoti bir necha parametrlarni, jumladan uzoq muddatga kompaniya tushumi prognozi, royalti stavkasi hisob-kitobi, diskontlash stavkasi hisob-kitobi, shuningdek boshqa parametrlarni o‘z ichiga oladi. Hisob-kitob “Gafurov, Kardash & Partners” (http://www.gafurovkardash.com/) mustaqil investitsion-konsalting kompaniyasining mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

Hisoblash aktivlar qiymati, amaliy daromadlar yoki bozordagi ulushni aks ettirmaydi. U mustaqil nomoddiy aktiv sifatidagi, iqtisodiy salohiyat va investitsion ahamiyatga ega brend qiymatini namoyon etadi.

Hisoblash nomoddiy aktivlarni yanada tizimliroq boshqarish uchun zamin yaratadi. Ko‘plab mamlakatlarda brend qiymati hisobdorlikda allaqachon qo‘llaniladi, u moliyalashni jalb etishga ta'sir ko‘rsatadi hamda qo‘shilish va qo‘shib yuborilishda inobatga olinadi.

Olingan ma'lumotlar asosida birinchi Brendlar qiymati reytingi shakllantirildi, u reytingda qatnashishga rozilik bildirgan kompaniyalardan iborat bo‘ldi.

Brendlarning rasman o‘z qiymatini e'lon qilishga tayyorligi – shaffoflik rivoji va biznes-muhitda ishonch mustahkamlanishi sari muhim qadam, bu brendning uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish va'dasi va brendning iste'molchilar uchun ishonchli ekani ko‘rsatkichidir.

Reyting bilan tanishish

Qiymatni hisoblash hamkorlar, investorlar va iste'molchilarning brendlarga nisbatan ishonchini kuchaytiradi. Qiymat hisoblanishi 2025-yil oxirigacha buyurtirish mumkin.