Tashkent Marketing Forum 2026’da qanday mavzularni muhokama qilamiz? Fikringiz muhim!

28 ноября, 2025

Tashkent Marketing Forum 2026’da qanday mavzularni muhokama qilamiz? Fikringiz muhim!

  • Sana: 2026-yil 14-fevral
  • Manzil: “Azimut Grand Hotel” mehmonxonasi

To‘rtinchi xalqaro marketing forumi asosiy trendlarni va marketing yordamida biznesni rivojlantirish vazifalarini muhokama qilish maqsadida professionallar va tadbirkorlarni jamlaydi.

Forum doirasida 7 ta seksiya faoliyat yuritadi – ularning har biri muhim va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan: Marketing Research, Digital Marketing, Branding, Strategy, AI marketing, PR, SMM va boshqalar.

Sizning fikringizni bilishni istaymiz! Sizningcha marketingga oid qanday mavzular va savollar hozirda eng muhim va forumda muhokama qilishga munosibligini sharhlarda yozib yuboring.

Tafsilotlar bilan tanishish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: tmf26.marketing.uz