Chevrolet — Toshkent xalqaro reklama festivalining Auto hamkori TAF!25

30 сентября, 2025

UzAuto Motors – ham O‘zbekiston bozorida, ham undan tashqarida Chevrolet brendini muvaffaqiyatli taqdim etib, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Gruziya, Mo‘g‘uliston va mintaqaning boshqa mamlakatlari bozorini qamrab olgan Markaziy Osiyodagi yetakchi avtoishlab chiqaruvchilardan biri.

Kompaniya zamonaviy va ishonchli avtomobillar chiqaribgina qolmay, korporativ ijtimoiy mas'uliyat sohasida ham loyihalarni faol amalga oshirmoqda va, ta'limiy hamda ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlab, hududlar rivojlanishiga ko‘maklashmoqda, jamiyatning barqaror rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Mijozlar ehtiyojlari va jahon tendensiyalariga asoslangan holda, UzAuto Motors BIQ-IV xalqaro standarti bilan tasdiqlangan sifatni innovatsiyalar va qulaylik bilan uyg‘unlashtirgan holda modellar qatorini kengaytirishda va eng talabgir avtomobillarni taklif etishda davom etyapti.

Bugungi kunda UzAuto Motors, mijozlarning o‘sib borayotgan kutilmalariga javob berish uchun, zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etmoqda, raqamlashtirishga va jarayonlarning avtomatlashuviga alohida e'tibor bermoqda.

Tashkent Advertising Festival'da qatnashish biz uchun Chevrolet brendining O‘zbekistondagi qadrini yaqqol ko‘rsatish va mamlakat kreativ industriyasining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidir.

Festival sayti

Bosh hamkor Octobank

TAF!25 |97 402 28 20