«Kun qahramoni» rukni doirasida yangi qatnashchi

22 апреля, 2025

E'tiboringizga «Kun qahramoni» rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz!

Diana Yunusova — farmatsevtik ishlab chiqarishdan to chakana dorixonagacha bo‘lgan 6 ta biznes-yunitni birlashtiruvchi NAVBAHOR HOLDING marketing departamentining direktori.

Diana Yunusova tajribasi va yutuqlari:

Karyerani kabel va paxta sanoatida boshlagan, u yepda marketing, sotuvlar va eksport sohasida rahbarlik lavozimlarini ishlagan.
“Alibazar Media” bosh direktori sifatida ZO‘R TV va MY5 telekanallarida OMADLI XONADON teleko‘rsatuvlarining 20 ta seriyasini chiqargan, unda oilalarga turar joylarini bepul obod qilishda yordam bergan.
Farmatsevtikaga “Nika Pharm” orqali kirgan, keyin fitochoylar ishlab chiqaruvchisi – “Zamona Rano” tijorat direktori bo‘lgan.
“OXYmed”da dorixonalar tarmog‘ining tijorat direktoridan marketing va xaridlar rahbarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
Keyinchalik MEROS PHARM distribyutor kompaniyasining marketing departamentini boshqardi.
“Asklepiy Distribution”da “AskUnity” loyihasi – dorixonalarni qo‘llab-quvvalash va takomillashtirish platformasini rivojlantirish direktori bo‘ldi.
2025-yildan buyon Diana Yunusova NAVBAHOR HOLDING marketing departamenti direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Uning mas’uliyati doirasida kompaniyaning barcha biznes bo‘linmalarini strategik rivojlantirish va marketingni birlashtirish: ishlab chiqarish sektori va eksklyuziv tarqatishdan tortib dorixona chakana savdosigacha. U ma’lumotlar, BI-tahlil va yagona brending standartlariga asoslangan uzluksiz marketing tizimini yaratadi va xoldingning barcha bo‘g‘inlari o‘rtasida o‘zaro ta’sir ekotizimini shakllantiradi, bunda marketing shunchaki qo‘llab-quvvatlovchi funksiya emas, balki o‘sish va innovatsiyalar dvigateliga aylanadi.

«Maqsadim – farmatsevikada har bir dorixona, har bir brend va har bir xodim uyg‘unlikda ishlaydigan kuchli ekotizimni yaratish. Biz shunchaki biznes emas, balki salomatlik va ishonch infratuzilmasini bunyod etamiz».

Diana Yunusova — bu yangi formatdagi yetakchi. U marketingni yo‘lga qo‘yish bilan kifoyalanib qolmaydi. U kreativ, tahlil va strategiyani birlashtirib, samarali ekotizim yaratadi.