Siz davlat kompaniyasi yoki tashkilotining marketologimisiz?

05 августа, 2025

Siz davlat kompaniyasi yoki tashkilotining marketologimisiz?

Yoxud siz marketing, PR yoki kreativ yoʻnalishlarda xizmatlar taqdim qiluvchi agentliklar vakilimisiz?

Oʻzbekiston marketing uyushmasi davlat xaridlari bilan bogʻliq muammolarni hal qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Siz uyushma hamkori, davlat xaridlari sohasida 15 yillik tajribaga ega mustaqil konsalting kompaniyasidan konsultatsiya olishingiz mumkin.

“Inter Investment Consulting” kompaniyasi ekspertlari sizga davlat xaridlari taomillari boʻyicha, xt-xarid.uz va etender.uzex.uz kabi davlat portallarida xizmatlar sotish yoki olish uchun hujjatlarni tayyorlash va qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga olgan konsultatsiyani taklif etadilar.

Bu ham buyurtmachilar uchun xarid jarayonlarini jadallashtirishning qulay imkoniyati, ham agentliklar uchun hajmlarni kengaytirishdagi qulay yechimdir.

Batafsil ma’lumot

Murojaat uchun:
71 252 36 46
99 863 65 55