TAF!25: tanlov short-listi e’lon qilindi

02 октября, 2025

Ekspertlar saralashining birinchi turi yakunlariga ko‘ra, TAF!25 tanlovining short-listiga marketing, samaradorlik, kreativ, brending, digital, PR, ESG va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan 142 ta ariza kirdi.

10–15-sentyabr davomida O‘zbekiston marketing uyushmasining 89 nafar eksperti va hamkoridan iborat hay’atning to‘rt jamoasi, shuningdek, parallel ravishda, MDH, Yevropa va Osiyodan 41 nafar ekspertdan iborat xalqaro hay’at tanlov finalchilarini saraladi.

Finalchilar ro‘yxati saytda e’lon qilindi.

Loyihalari short-listga kirgan jamoalarni tabriklaymiz!